Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha “5th Sharjah Masters 2022” xalqaro turnirida 31 davlatdan kelgan ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston yoshlari ham faol qatnashib, vatanimiz shaʼnini munosib himoya qildi.
Xususan, Yashnobod tumanidagi 152-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nodirbek Abdusattorov ushbu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, mazkur turnirda Nodirbek Abdusattorov bilan birga yurtimiz yoshlari Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Bekmurotov ham faol ishtirok etdi. Sergeli tumanidagi 300-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Javohir Sindorov kuchli sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro shaxmat turniri ishtirokchilari tantanali kutib olindi.
Yurtimiz sharafini himoya qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarimizga kelgusida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!