Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada ishtirokchilarining bilimi test va yozma ish topshiriqlari bo‘yicha baholandi. Barcha natijalar umumlashtirilib, har bir fan kesimida g‘olib o‘quvchilar aniqlandi.
![photo2022-05-3012-24-41.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2022/05/photo2022-05-3012-24-41.jpg)
Ushbu olimpiadada kimyo fanidan:
Daler Raximov - Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 35-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi, 1-o‘rin;
Nigina Abdubannoyeva - Namangan viloyati, Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi, 2-o‘rin;
Jahongir Umidjonov - Navoiy viloyati, Navoiy shahar, IMIning 8-sinf o‘quvchisi, 3-o‘rin;
Fizika fanidan:
Javohir Saʼdullayev - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi, 1-o‘rin;
Dilshodbek Rajabov - Xorazm viloyati, Xazorasp tumanidagi 1-IMIning 8-sinf o‘quvchisi, 2-o‘rin;
Diyorbek Foziljonov - Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi 37-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi, 3-o‘rin;
Matematika fanidan:
Ozodbek Axtamov - Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi Al-Xorazmiy IMning 8-sinf o‘quvchisi, 1-o‘rin;
Maqsadbek Egamberdiyev -Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi 92-IMIning 8-sinf o‘quvchisi, 2-o‘rin;
Asadbek Boboqulov - Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 243-maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 3-o‘rin;
Biologiya fanidan:
Muxtasar Xalilova - Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi 8-maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 1-o‘rin;
Shohruh Yaqubov - Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi 45-IDUMIning 8-sinf o‘quvchisi, 2-o‘rin;
Sherali Bog‘ibekov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanidagi 68-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi 3-o‘ringa munosib deb topildi.
![photo2022-05-3012-24-42-2.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2022/05/photo2022-05-3012-24-42-2.jpg)
Xalq taʼlimi vazirligi jamoasi g‘oliblarni muborakbod etib, barcha o‘quvchilarga kelgusida bundan-da yuksak marralarni zabt etishini tilab qoladi.