Sayt test rejimida ishlamoqda

«AKSILKORRUPSIYA HAFTALIGI» TADBIRLARIDA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI FAOL ISHTIROK ETDI

9-dekabr 2021-yil
image

Avval xabar berilganidek, xalq taʼlimi tizimida Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida dunyoning toʻrtta yirik auditorlik konsalting kompaniyalaridan biri boʻlgan KPMG xalqaro kompaniyasi tomonidan antikorrupsion «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan «Aksilkorrupsiya haftaligi» doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi vakillari hamda Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi xodimlari uchun “Xalq taʼlimi tizimida korrupsiyaning oldini olish va halollikni taʼminlash”, Chiroqchi tumani umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Insof va halollik” mavzularida seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi. Seminar mashgʻulotlarida xodimlar hamda yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish toʻgʻrisida asosiy tushunchalar yetkazildi. Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga xalqaro hamkorlar tomonidan batafsil javob berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu