O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH UCHUN USAID TOMONIDAN 10 MLN. DOLLARLIK GRANT AJRATILDI

18-may 2022-yil
image

Yoshlar bandligi va tadbirkorligini kengaytirishga qaratilgan 10 mln. dollarlik beg‘araz grant mablag‘lari doirasida xalqaro loyihani amalga oshirish jarayoni boshlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi AQSHning xalqaro taraqqiyot agentligi USAID bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan umumtaʼlim maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha tajriba-sinov tariqasida Farg‘ona viloyatida o‘z ishini boshladi.

photo2022-05-1710-23-12-2.jpg

Loyihaga ko‘ra umumtaʼlim maktablarida o‘tiladigan "Iqtisodiy bilim asoslari", "Tadbirkorlik asoslari" darslarining o‘tilish jarayoni tahlil qilinib, yangi standart, o‘quv dastur, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, o‘quvchilarga istiqbolli kasblarni egallashi uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar berib borish kabi qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

photo2022-05-1710-23-11.jpg

Shu bilan birga 8-11-sinf o‘quvchilarining qiziqishlari tanlov asosida o‘rganiladi va o‘tkazilgan tahlillar asosida ularning kasbiy moyilligi bo‘yicha kelgusida kasbga yo‘naltirish ishlari izchil olib boriladi.

photo2022-05-1710-23-13.jpg

Mazkur loyihalar orqali o‘quvchi-yoshlarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda maktab davridan kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun zamin yaratiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu