Bugun Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Profilli mehnat taʼlimiga yoʻnaltirilgan maktabda boʻlib, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kasb hunarga yoʻnaltirish xonalarining holatini koʻzdan kechirib, maktab pedagoglari bilan suhbatlashdi.
Suhbat jarayonida pedagoglar tomonidan maktabda oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ushbu yoʻnalishni rivojlantirish yuzasidan takliflari tinglandi.
Shuningdek mazkur maktabni respublika kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida ish tajribasini ommalashtirish hamda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi kam koeffitsientli maktablarning birida tajriba-sinov shaklida tarmoq maktabini tashkil etish taklif etildi.
Buning uchun tajriba (pilot) tariqasida Profilli mehnat taʼlimi maktabi uchun alohida oʻquv dasturi, oʻquv rejasi tayyorlash, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari rejalashtirildi.
-