12-15 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII xalqaro futbol turnirida Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoa ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahridagi 21-,22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbilanuvchilaridan iborat “O‘zbekiston” terma jamoasi aʼzolari munosib ishtirok etib, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi.
22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi musobaqada “O‘zbekiston” terma jamoasi “Shatlova” jamoasi ustidan 4-1 xisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va ushbu bosqichda “KURSK” terma jamoasini 5-4 xisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
Xalq taʼlimi vazirligi bolalarimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab qoladi!