XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI O‘QITUVCHI TOMONIDAN O‘QUVCHILARGA KUCH ISHLATISH HOLATINI KESKIN QORALAYDI

16-may 2022-yil
image

Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi, 4-maktabda sodir bo‘lganligi aytilayotgan o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatish aks etgan video yuzasidan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

O‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha pedagoglarga bolaga nisbatan kuch ishlatish mumkin emasligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Xalq taʼlimi vazirligi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi.

Bugungi zamon o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan faqat do‘stona munosabat o‘rnatish orqali natijaga erishish mumkinligini taqozo etadi. Har bir o‘quvchi bilan muammoni birgalikda ijobiy hal etish - bugungi kun pedagogining burchi hisoblanadi. Agar do‘stona munosabat orqali natijaga erishishning imkoni bo‘lmasa buni hal etish uchun bolaning ota-onasi yohud uchastka noziri jalb etish to‘g‘ri sanaladi.

Maktabda bunday holatlarning barcha ko‘rinishlarini bartaraf etib, o‘qituvchilarni bosiqlikka va o‘zaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirib qoladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu