MENING PREZIDENTIM
Qo‘lga olib qalamni madh etaman, Yurtboshim,
Quvonchdan boshim osmon, ko‘zda-chi, quvonch yoshim.
Muhtojlik yo‘q, muhayyo har kun laganda oshim,
Mening Prezidentimsiz, yashang, yurtim otasi,
Siz tufayli yo‘q aslo xalqimizning nolasi!
Bizdagi xotirjamlik qaysi yurtda bor yana,
Tinchlikka bel bog‘lagan Yurtboshimdir mardona.
Sizni duo qilarlar, har ota-yu har ona,
Mening Prezidentimsiz, yashang, yurtim otasi,
Siz tufayli yo‘q aslo xalqimizning nolasi!
Xalqparvarsiz, shu yurtda farzandlar yashar quvnoq,
Xas ham unar giyohdek, oltindir ona tuproq.
Millatlar bir oila, yasharlar ahil-inoq,
Mening Prezidentimsiz, yashang, yurtim otasi,
Siz tufayli yo‘q aslo xalqimizning nolasi!
Osmono‘par bino-yu imoratlar qurdingiz,
Yangi O‘zbekistonni nurli yo‘lga burdingiz.
Sinovlarda qalqondek, mardi maydon turdingiz,
Mening Prezidentimsiz, yashang, yurtim otasi,
Siz tufayli yo‘q aslo xalqimizning nolasi!
Ertayu kech xalqimiz Sizni duo qilgaydir,
Omad chopgani shu-da, baxtning o‘zi kelgaydir.
Har kimsa o‘gitingiz qulog‘iga ilgaydir,
Mening Prezidentimsiz, yashang, yurtim otasi,
Siz tufayli yo‘q aslo xalqimizning nolasi!
Munisabonu Tojiboyeva,
Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi
2-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi,
«Mening Prezidentim» ijodiy ishlar tanlovi
respublika bosqichi ishtirokchisi.