XALQ TA'LIMI VAZIRI XALQARO AVTOMOBILSIZ KUN MUNOSABATI BILAN ISHGA QARIYB 8,5 KILOMETR PIYODA YO'L BOSIB KELIB, BOSHQALARNI HAM PIYODA YURISHGA CHORLADI

22-sentabr 2021-yil
image

22 sentyabr - xalqaro avtomobilsiz kunni joriy yilda O'zbekistonda ham nishonlash bo'yicha e'lon qilingan tashabbusni qo'llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda barcha rahbarlar va xodimlarning shaxsiy namuna sifatida xizmat va shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda va velosipedda kelish hamda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish tavsiya etilgan edi.  

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bugun xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan qariyb 8,5 kilometr yo'lni piyoda bosib o'tdi va avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechib, yurtdoshlarimizga shaxsiy namuna ko'rsatdi. Vazir piyoda bosib o'tgan yo'lni uning Feysbuk sahifasidagi onlayn translyasiyada guvohi bo'lishingiz mumkin.  

photo2021-09-2212-21-46.jpg

 22 sentyabr — xalqaro avtomobilsiz kun. Siz ham ijtimoiy tarmoqdagi #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglari bilan tashabbusga qo'shiling va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiling.  Zero bu nafaqat ob-havoning tozaligiga, balki insonlarning salomatligiga ham ijobiy ta'sir qiladi.

 

 

 #carfreeday  
#carfreeday_uzbekistan  
#avtomobilsizbirkun

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu