XITOY ELCHISI BILAN XALQ TAʼLIMI SOHASIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

22-sentabr 2021-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.

Zoom aloqa vositasi orqali boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbolli rejalari haqida soʻz bordi.
photo2021-09-2214-30-07-2.jpg
Aytish joizki, bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlik doirasida respublika umumtaʼlim maktablarining moddiy -texnik bazasini yaxshilash va modernizatsiyalashga qaratilgan investitsiya loyihalari va tadbirlari amalga oshirildi. Xususan Xitoyning grant mablagʻlari hisobiga Oʻzbekistondagi maktablar zamonaviy oʻquv-kompyuter sinflari bilan jihozlanib, ushbu loyihaning 2 fazasi doirasida qoʻshimcha 1300 ta kompyuter-sinflari yurtimizga keltirilishi koʻzda tutilmoqda.
photo2021-09-2216-30-54.jpg
Tomonlar bugun Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlangan bir paytda Oʻzbekistonda xitoy tilini oʻrganish, xitoy universitetlariga oʻqishga maktab bitiruvchilarimizga imkoniyatlarni kengaytirish yoʻnalishi mos ravishda oʻsmayotgani va bu yoʻnalishda hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligini qayd etdi.
photo2021-09-2214-30-08.jpg
Elchi va vazir oʻrtasidagi muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonda xitoy tilini ommalashtirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, Xitoy taʼlim vazirligi bilan aloqalar oʻrnatish orqali ikki davlat oʻrtasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, Xitoy OTM oʻzbekistonlik oʻquvchilar uchun kvotalarni oshirish masalalari muhokama qilindi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu