O'QITUVCHI VA O'QUVCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O'TKAZILDI

20-sentabr 2021-yil
image

Joriy yilning 18 sentyabr kuni o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida Xalq ta'limi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash mintaqaviy boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan Doxa deklarasiyasining "Adolat uchun ta'lim" tashabbusi doirasida umumta'lim muassasalarining boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari uchun ishlab chiqilgan "Zorblar" nomli dars rejasining taqdimoti va muhokamasiga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi.

img1925.jpg

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish" bo'yicha mintaqaviy boshqarmasining xalqaro dasturlar koordinatori kun Markvering, Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Akbar Tagaev hamda respublika umumta'lim muassasalaridan jami 70 nafar boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha pedagogik faoliyat yuritayotgan malakali o'qituvchilar ishtirok etdi.

photo2021-09-2011-34-56.jpg

Mazkur tadbir umumta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, Internet va Real hayotda ota-ona, o'qituvchi hamda tengdoshlari bilan muloqotni o'zaro hurmat va bag'rikenglik asosida tashkil etish, yot g'oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish kabi ko'nikmalarni rivojlantirish maqsadida boshlang'ich ta'lim pedagog xodimlarida xorijiy tajriba asosida tegishli bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.

photo2021-09-2011-34-09.jpg

Tadbir yakunlari bo'yicha 70 nafar malakali boshlang'ich ta'lim pedagog xodimlari Xalq ta'limi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash mintaqaviy boshqarmasining maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

photo2021-09-2011-35-07.jpg

Ta'kidlash joizki, endilikda "trener" maqomiga ega bo'lgan respublika bo'yicha 70 nafar pedagog xodim mazkur tadbir davomida ega bo'lgan bilim va ko'nikmalarini 2021/2022 o'quv yili davomida o'zi faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasasi boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan bo'lishib, ularda tegishli hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shishga qo'shimcha imkoniyatga ega bo'ldilar.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu