Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida xalq taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari “Ona tili” va “Oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda.
Ushbu tanlovning 1-bosqichi 2021-yil 15 – 22-sentyabr kunlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan belgilangan ilovadagi taʼlim muassasalarida tashkil etilishini maʼlum qilamiz.
Ishtirokchilar tanlovda qatnashish kuni va vaqtlariga oid maʼlumotlarni tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridan olishlari mumkin.