IQTIDORLI O'QUVCHILAR O'RTASIDA FAN OLIMPIADALARINI O'TKAZISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

10-sentabr 2021-yil
image

2021 yil 9 sentyabr sanasi bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida" 562-son qarori qabul qilindi.

Qarorning birinchi ilovasida "umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-hunar maktablari o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o'tkazish hamda xalqaro Olimpiada ishtirokchilarini saralash va g'oliblarni rag'batlantirish tartibi to'g'risida"gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, maktab o'quvchilari o'rtasida umumta'lim fanlari bo'yicha olimpiadalar 9-10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida quyidagi fanlardan o'tkaziladi:

Birinchi guruh fanlar (nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IBO, IChO, IPhO, IOI) o'tkaziladigan fanlar)

✅1. Matematika

✅2. Fizika

✅3. Kimyo

✅4. Biologiya

✅5. Informatika va axborot texnologiyalari

Ikkinchi guruh fanlar

✅6. Ona tili va adabiyot

✅7. O'zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)

✅8. Qoraqalpoq tili

✅9. Rus tili va adabiyoti

✅10. Ingliz tili

✅11. Nemis tili

✅12. Frantsuz tili

✅13. Tojik tili

✅14. Qozoq tili

✅15. Tarix

✅16. Geografiya

Maxsus maktab-internati o'quvchilari uchun fan olimpiadasi o'tkaziladigan fanlar

✅17. Ona tili va adabiyot (maxsus)

✅18. Matematika (Maxsus)

Ushbu qaror bo'yicha qolgan ma'lumotlarni keyingi e'lonlarimizda yoritib boramiz. Yangiliklarni kuzatib borishda davom eting.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu