AVGUST KENGASHLARI RESPUBLIKA O'QUV-SEMINARI ONLAYN BO'LIB O'TADI

16-avgust 2021-yil
image

An'anaviy avgust kengashlari har o'quv yili oldidan xalq ta'limi muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari uchun o'quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o'zgarishlarni tizim xodimlariga etkazish, yangi o'quv yilida ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan muhim va ustuvor yo'nalishlarni belgilab olish maqsadida o'tkazib kelinadi.

 2021-2022-o'quv yili avgust kengashlari joriy yil 17-18 avgust kunlari "National Geographic" telekanalida onlayn shaklda efirga beriladi.

✅ Shuningdek, avgust Kengashlarining efirga berish jadvali va video darslar Xalq ta'limi vazirligining "onlayn maktab" Telegram kanalida ham e'lon qilib boriladi.

 Joriy yil 17 avgust kunidan boshlab belgilangan jadval asosida avgust kengashlarini tizimdagi barcha rahbarlar va pedagog xodimlar kuzatib borishlari mumkin.

✳️ Ma'lumot uchun: "National Geographic" telekanalida - 1-4-sinf "onlayn maktab" ruknidagi Television darslar efirga berilgan edi.

Avgust Kengashlarining efirga berish jadvali

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu