Fargʻona viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi koʻzi ojiz va kar oʻquvchilarga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan “Insoniyat xavfsizligini taʼminlash borasida kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalarga begʻaraz koʻmak” dasturi doirasida imkoniyati cheklangan pedagoglar hamda oʻquvchi yoshlar uchun maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan informatika xonasi tashkil etildi.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan informatika xonasini tashkil etish uchun Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan 31000 AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari jalb etildi