NAVOIY VILOYATI HOKIMI TOP-100 TALIKKA KIRGAN 22 NAFAR INFORMATIKA O'QITUVCHISINI TAQDIRLADI

3-avgust 2021-yil
image

“Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasida ishtirok etib, natijaga koʻra respublika Top-100 taligida birinchilikni qoʻlga kiritgan navoiylik 22 nafar informatika fani oʻqituvchisi Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov tomonidan taqdirlandi.

2343e8386604a7d212629.jpg

Hokimlik rasmiy qabul zalida viloyat hududlaridan jam boʻlgan oʻqituvchilar hokimlik tashakkurnomasi hamda AKT vazirligi tomonidan ajratilgan 4 900 000 soʻm pul bilan mukofotlandi.

Navoiy viloyatida taʼlim sifati va mazmunining yuqori darajada tashkil etilgani natijasida 359 ta umumtaʼlim maktablariga optik tolali yuqori tezlikdagi internet oʻtkazilib, “education” taʼrifiga oʻtkazildi. 232 ta umumtaʼlim maktablarida “kundalik.com” elektron kundaligi joriy etilib, qogʻoz shaklidagi kundalikdan butunlay voz kechildi. 164 ta maktabda wi-fi zonalari va lokal tarmoqlar tashkil etildi.

Navoiy shaxridagi 8-maktab Axborot texnologiyalari va informatika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirildi. 8 ta shahar va tumanlarda IT-markazlar oʻz faoliyatini boshladi. Xalq taʼlimi tizimining resurslari, kuch va vositalarini avtomatik boshqaruv tizimi “IRP” barcha umumtaʼlim maktablariga joriy etildi.

3ae883a86c0a7e9ab15aa.jpg

Shuningdek, hozirgi kunda viloyat xalq taʼlimi tizimidagi tegishli oʻqituvchilar va masʼul shaxslarning saʼy harakati bilan “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi doirasida viloyat boʻyicha 53 517 nafar oʻquvchi va oʻqituvchilar oʻqib, dasturchi kasbini egalladi.

Navoiy viloyati respublikaning boshqa viloyatlari orasida eng yuqori koʻrsatgichni qayd etib, Prezident sovgʻasi «Spark» avtomobili koʻlga kiritdi hamda bir qancha oʻqituvchilar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

ef552937803bc4dd1bf84.jpg

Bundan tashqari, dasturchi kasbini egallagan oʻquvchilarni frilanserlik faoliyatiga jalb qilish ishlari boshlanib, 100 nafardan ortiq oʻquvchilar frilanserlik faoliyati orqali daromad topishi yoʻlga qoʻyildi.


Navoiy viloyati Xalq ta'limi
boshqarmasi matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu