Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Joriy yildan eʼtiboran respublikamizda millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan mahalliy va xorijiy fuqarolarni “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash anʼanasi yoʻlga qoʻyilgan edi.
30-iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi binosida ushbu koʻkrak nishonini topshirish boʻyicha tantanali marosim oʻtkazildi.
Marosimda millatlararo totuvlikni taʼminlashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan milliy-madaniy markazlar, siyosat va jamoat arboblari, vazirlik, idoralar xodimlariga koʻkrak nishon va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Jumladan, vazirlikning Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʻi Akbar Tagayev ham xalq taʼlimi tizimida millatlararo doʻstlik va hamkorlik gʻoyalarining targʻibotida faol ishtirok etgani uchun “Xalqlar doʻstiligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.