IXTISOSLASHGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

26-iyul 2021-yil
image

Avval xabar berganimizdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari joriy yilning 29-30-iyul kunlari oʻtkaziladi.

Saralash tanlovlari karantin qoidalariga rioya etish va shaffoflikni taʼminlash maqsadida viloyat markazidagi quyidagi ochiq pavilyonlarda oʻtkaziladi:

2021-yil 29-30-iyul kunlari test sinovlari oʻtkaziladigan binolar ROʻYXATI

 

 

T/r

Hudud nomi

Test oʻtkaziladigan bino

Manzili

 

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Turon markaziy stadioni

Hurliman qiz baqsi koʻchasi, 37-uy

 

2

Andijon viloyati

Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi (asosiy stadioni 1-B, 3 va 5-binolari)

Andijon shahri, Mashrab koʻchasi

 

3

Buxoro viloyati

Buxoro sport majmuasi

Buxoro shahri, I.Moʻminov koʻchasi, 9- uy

 

Dilkusho tennis sport majmuasi

Buxoro shahri, I.Karimov koʻchasi 24 uy

 

4

Jizzax viloyati

“Soʻgʻdiyona” markaziy oʻyingohi sunʼiy qoplamali mashgʻulot maydoni

Jizzax shahri, A.Navoiy koʻchasi, 2-uy

 

5

Qashqadaryo viloyati

“Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni

Mustaqillik shoh koʻchasi, 5-uy

 

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahridagi “Kimyogar” oʻyingohi

Navoiy shahar, A.Navoiy koʻchasi, 35a-uy

 

7

Namangan viloyati

17-bolalar va oʻsmirlar maktabiga qarashli “Navbahor umid” stadionlari

Namangan shahri,

5a-kichik tumani, I.Karimov koʻchasi,

17a-uy

 

Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi “Dinamo” stadioni

Namangan shahri, Gʻirvonsoy koʻchasi, 1-uy

 

Toʻraqurgʻon tumani “Yoshlik” stadioni

Toʻraqurgʻon tumani, S.Raximov koʻchasi, 1-uy

 

8

Samarqand viloyati

Camarqand “Nurafshon” futbol stadioni

Samarqand shahar, Super qoʻrgʻoni, Nurafshon futbol stadioni

 

Camarqand shahar 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi stadioni

Samarqand shahar, Sartepo maskani, Turkiston koʻchasi,

105-uy.

 

Lokomotiv markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni

Samarqand shahar, Depo koʻchasi, 79-uy.

 

9

Surxondaryo viloyati

Surxon sport majmuasi zaxira futbol maydoni

Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 43b-uy

 

Termiz Alpomish oʻyingohi

Termiz shahri, Istiqlol koʻchasi, 32-uy

 

Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydoni

Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 42-uy

 

10

Sirdaryo viloyati

Guliston markaziy oʻyingohi

Guliston shahar 1-mavze, “Sayqal” MFY, A.Navoiy koʻchasi

 

11

Fargʻona viloyati

Qirguli mavzesi “Neftchi” stadioni

Fargʻona shahar, Qirguli mavzesi, Margʻilon koʻchasi, 1-uy

 

“Soʻgʻdiyona” sport majmuasi stadioni

Soʻx tumani Adolat koʻchasi

 

Margʻilon shahar 2-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi stadioni

Margʻilon shahar, Yangi bogʻ MFY, Turkiston koʻchasi, 100b-uy

 

Fargʻona davlat universiteti stadioni

Fargʻona shahar, “Yoshlar” MFY, Al-Fargʻoniy koʻchasi

 

12

Xorazm viloyati

“Yoshlik” sport majmuasi oʻyingohi

Urganch shaxri, Yoshlik koʻchasi

 

Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi

Urganch shaxri, Baynalminal koʻchasi, 18-uy

 

Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi qoʻshimcha oʻyingoh

Urganch shaxri, Baynalminal koʻchasi, 18-uy

 

13

Toshkent shahar
Toshkent viloyati

Olmazor tumani, Gʻalaba bogʻi xududidagi yopiq sahna maydoni

Qoraqamish koʻchasi, 1-uy

 
 

Toshkent Botanika bogʻi

Bogʻishamol koʻchasi, 223-uy A-sektor

 

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi

Birinchi smena soat 8.00 da

Ikkinchi smena soat 18.00 da

Test sinovlariga talabgorlar kamida bir soat oldin oʻzlari bilan tugʻilganlik haqida guvoxnoma asl nusxasini olib kelishlari talab etiladi.

Talabgor test topshirish sanasi, vaqti (smenasi) va joyi haqida quyidagi xavola orqali bilib olishi mumkin.

Sizga sms xabar orqali ham test topshirish manzili va vaqti haqida xabar yuboriladi.

Shuningdek, bu haqda my.maktab.uz orqali ham bilib olishingiz mumkin

Eslatma: viloyat markazidan olisda joylashgan 16 ta tuman va shaharlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Qoʻngʻirot, Ellikqalʼa, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Zarafshon, Fargʻona viloyatining Qoʻqon, Beshariq, Buvayda, Dangʻara, Uchkoʻprik, Furqat, Oʻzbekiston) test sinovlari keyingi muddatga qoldirilgan.

Ushbu hududlardagi imtihon vaqtlari haqida Davlat test markazi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha xabar beriladi.

Hurmatli ota-onalar va talabgorlardan karantin qoidalariga rioya etishlarini, tibbiy niqobda boʻlishlari hamda oraliq masofani saqlashlarini soʻrab qolamiz.

Yurtimizda issiq xavo xarorati saqlanib qolayotganligini hamda test sinovlari ochiq pavilyonlarda oʻtkazilishini inobatga olib oʻquvchilar bosh kiyim (kepka) va suv olib kelishlarini tavsiya etamiz

Zaruriyat boʻlmaganda test oʻtadigan binolarga bormasliklarini, bu jarayonlar markazlashgan holda maktab maʼmuriyati tomonidan tashkil etilishini eslatib oʻtamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu