Joriy yilda Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilayotgan 53-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO) dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.
Xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi o‘quvchilar himoya qilmoqda:
1. Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-maktab o‘quvchisi;
2. Durdona Muxtorxujayeva - Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
3. Ikromiddin Boymaxammadov - Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
4. Sobirjon Amanov - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi.
O‘quvchilarimizga Olimpiadada ulkan zafarlar tilab qolamiz!!!