ILK BOR MAKTAB OʻQUVCHISI NUFUZLI XALQARO FIZIKA OLIMPIADASIDA GʻOLIB BOʻLDI

24-iyul 2021-yil
image

Joriy yil 17-24-iyul kunlari Litva davlati tomonidan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Unda dunyoning 73 davlatidan 365 nafar ishtirokchilar qatnashdi. 19-iyul kuni olimpiadaning amaliy qismida ishtirokchilar 2 ta topshiriqni bajardi va 21-iyul kuni esa nazariy bosqichda 3 ta masala berildi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham munosib ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra,

Rail Xashayev — Toshkent shahridagi 71-maktab oʻquvchisi bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Madina Xasanjonova — S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey oʻquvchisi 4-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur gʻalaba bilan oʻquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʻqituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu