OʻZBEKISTON MAKTABLARIGA FRANSIYANING “AMOPA” ASSOTSIATSIYASI TOMONIDAN FRANSUZ TILIDAGI BADIIY ADABIYOTLAR VA DARSLIKLAR TAQDIM ETILDI

9-iyul 2021-yil
image

9
July
2021

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-sonli fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Fransiyaning “Amopa” assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi fransuz tilida oʻqitiladigan 787 ta ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 998 nomdagi 1 470 dona badiiy adabiyotlar va darsliklar begʻaraz ajratildi.

photo2021-07-0919-10-09-2.jpg

Taqdimotda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Oʻzbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyevlar hamda “Amopa” assotsiatsiyasi vakillari ZOOM orqali ishtirok etdi.

photo2021-07-0919-10-08-2.jpg

Taqdimot jarayonida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-sonli fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 11-sinf oʻquvchisi Sadiya Saidkarimova hamda oʻqituvchilar mazkur kitoblar oʻquvchilarning chet tilini oʻrganishda bilimini yana-da oshirishda muhimligini taʼkidladi.

photo2021-07-0919-10-09.jpg

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov taqdimot jarayonida Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga hamda “Amopa” assotsiatsiyasiga minnatdorlik bildirdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu