OʻZBEKISTON TEKBOL FEDERATSIYASI MAKTABLARGA 100 DONA TEKBOL SPORT JIHOZINI TOPSHIRADI

6-iyul 2021-yil
image

2021-yilning 5-iyul kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida «Tekbol» sport turining jihozlarini qabul qilib olish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

photo2021-07-0516-38-36-2.jpg

Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston tekbol federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

photo2021-07-0516-38-388.jpg

Oʻzbekiston tekbol federatsiyasi raisi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq ilk bosqichda respublikamizning barcha hududlaridagi umumtaʼlim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozlarini topshirish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga sertifikat topshirildi.

photo2021-07-0609-43-17.jpg

Tekbol federatsiyasi tomonidan sport turini tanishtirish boʻyicha taqdimot tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu