1-SINFGA QABUL UCHUN ONLAYN ROʻYXATDAN OʻTISH MUDDATI UZAYTIRILADI!

5-iyul 2021-yil
image

Hurmatli ota-onalar!

 

2021-2022 oʻquv yili uchun umumtaʼlim maktablariga 1-sinfga oʻquvchilarni onlayn qabul qilish tizimi – my.maktab.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish va ariza yuborish jarayoni 5-iyuldan 20-iyulga qadar uzaytirilganini maʼlum qilamiz.

Bunda, yuborilgan arizalar Moderator tekshiruvidan oʻtgandan soʻng parallel ravishda qabulning ikkinchi bosqichi boʻyicha maktabdagi Qabul komissiyasiga onlayn navbat asosida tashrif buyuradilar.

Bugungi kunga qadar arizasi maktabga yuborilganlar 6-iyuldan 31-iyulga qadar mikrohudud doirasidagi maktablar Qabul komissiyasiga onlayn navbat asosida tashrif buyurishlari mumkin.

 

Qoʻshimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu