TENDERDA IQTISOD QILINGAN MABLAGʻLAR HISOBIGA JANUBIY KOREYANING KT KOMPANIYASI JORIY YILDA MAKTABLARGA QOʻSHIMCHA 951 TA KOMPYUTER JAMLANMASI, YAʼNI 14 MINGDAN ORTIQ KOMPYUTER YETKAZIB BERADI

2-iyul 2021-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi va Janubiyning Koreya KT Corporation oʻrtasida 2021-yilda umumtaʼlim maktablariga 951 ta oʻquv kompyuter jamlanmasini yetkazish boʻyicha kelishuv imzolandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Xalq taʼlimi vazirligi va Koreyaning Eksport-import banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da rivojlantirish» loyihasi doirasida 2019-2020-yillarda jami 2859 ta oʻquv kompyuter jamlanmasi (43 ming dona kompyuter) oʻrnatildi.

photo2021-07-0218-35-51.jpg

Loyiha doirasida oʻtkazilgan tender savdolari yakunlariga koʻra vazirlik tomonidan 8,23 mln. AQSH dollar miqdorida mablagʻ iqtisod qilingan.

photo2021-07-0218-35-47.jpg

 

Maktablarga qoʻshimcha kompyuter sinflari zarur boʻlgani sababli, iqtisod qilingan mablagʻlar hisobiga ham KT Corporation tomonidan umumtaʼlim maktablariga qoʻshimcha 951 ta oʻquv kompyuter jamlanmasi, yaʼni 14 mingdan ortiq kompyuter yetkazib berishga kelishildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu