Bugun 29-dekabr kuni Respublika boʻylab bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan “Prezident archasi” bayram tantanalari boshlandi.
Bugun 29-dekabr kuni Respublika boʻylab bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan “Prezident archasi” bayram tantanalari boshlandi.
“Prezident archasi”ning asosiy bayram tantanalari Toshkent shahridagi “Tomosha” bolalar teatr-studiyasida boshlandi. “Yoʻlbars afsonasi” deb nomlangan bayram dasturi ikki kun davomida bolajonlarning eʼtiboriga havola etiladi.
![photo2021-12-2914-18-45-2.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2021/12/photo2021-12-2914-18-45-2.jpg)
Mazkur bayram dasturiga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan 1365 nafar bola taklif etilgan.
![photo2021-12-2914-18-42.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2021/12/photo2021-12-2914-18-42.jpg)
Avvalroq Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar uchun “Prezident sovgʻalari” Respublika boʻylab yetkazib berilayotgani haqida xabar bergandik.
https://youtu.be/QUb5njQ3a3A