SAVOL: Oʻquvchilarning qishki taʼtili uzaytirilganiga qaramay ayrim “tashabbuskor” rahbarlar oʻquvchilarni maktabga chaqirib yoppasiga fan toʻgarakalariga yoki tadbirlar uyushtirib, unga jalb qilishi toʻgʻrimi?
JAVOB: Taʼtil kunlari tugagunga qadar oʻquvchilarni bevosita maktablarda tashkil etadigan toʻgaraklar, shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklari va har qanday tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi.
Ushbu vaqt davomida oʻqituvchilar maktabda xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy oʻquv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarida qatnashishlari talab etiladi hamda onlayn ravishda turli toʻgaraklar va tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Shuningdek, bugundan boshlab Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Umid nihollari-2022” sport musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini oʻtkazish toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.