Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida 100 million AQSH dollarlik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM yoʻnalishida taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan.
STEM fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, oʻqituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini taʼmirlash va taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish.
Bundan tashqari, loyihada Oʻzbekistondagi maktablarda oʻquvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Loyiha 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi uchun Mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning soʻnggi tashabbuslari va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.