XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI HAMKORLIGIDA QOʻSHMA HAYʼAT MAJLISI OʻTKAZILDI

5-may 2021-yil
image

Bu chaqiriq bugun mamlakat kelajagi uchun oʻzini javobgar his etgan xar bir yurtdoshimiz qalbida jaranglamoqda. Ichki ishlar vazirligi va xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan Qoʻshma Hayʼat majlisining bosh gʻoyasi xam aynan umumtaʼlim maktablarida huquqbuzarliklar va jinoyatlar profilaktikasini taʼminlash masalasi boʻldi. Majlisda ichki ishlar va xalq taʼlimi vazirlari, vazir oʻrinbosarlari, sohaga masʼul rahbarlar ishtirok etgan boʻlsa, viloyat boshqarmalari va tuman boʻlimlari vakillari joylardan onlayn tarzda qatnashishdi. Ichki ishlar vaziri general-leynenant Poʻlat Bobojonov ikki hamkor vazirliklarning tarixiy uchrashuvi sifatida etirof etilgan mazkur xayat majlisida Uchinchi renessans poydevori boʻlgan yoshlarning taʼlim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni koʻrish, yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, joylarda ichki ishlar va xalq taʼlimi boʻlimlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va maʼlumot almashinuvini mustahkamlash kabi masalalar bugungi kunning eng dolzarb vazifasi sifatida belgilanganligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng soʻz ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Baxtiyor Berdialiyevga berildi. Voyaga yetmaganlar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahliliga toʻxtalib oʻtgan polkovnik Berdilaiyev, maktablarda davomat tadbirlarini oʻtkazishda sustkashliklarga yoʻl qoʻyilishi, oʻquvchilarni nazoratsiz qoldirish hamda profilaktika inspektorlari va maktab rahbariyatining oʻzaro hamkorlik olib bormaganligi oqibatida yoʻq qoʻyilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarga eʼtibor qaratdi. Toshkent, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holatlar, oʻquvchilar tomonidan qoʻl urilgan jinoyatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi holatlarni yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik borasida viloyat ichki ishlar va xalq taʼlimi boshqarmalarining oʻzaro hamkorlikdagi yoʻl xaritalarini ishlab chiqish, nazoratsiz qolgan oʻquvchilarni dars mashgʻulotlariga qaytarish, profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish borasida kelishib olindi.

Shuningdek Toshkent shahrida maktab oʻquvchilari oʻrtasida giyohvand moddalari va psixotrop vositalarini tarqalishi kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, alohida nazorat talab etilgan maktablarga xodilmarni biriktirish masalasida zaruriy choralar koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ham oʻzaro hamkorlik natijasida birinchi navbatda kelajak avlod, maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi koʻzda tutilganligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek maktablar birinchi oʻrinda jamiyatdagi shaxslar tarbiyalovchi maskan. Agar taʼlim toʻlaqonli va samarali amalga oshirilsa bu oʻz navbatida jamiyatda jinoyatchilikning kamayishi, turli koʻngilsizliklarning yuzaga kelmasligiga bosh omil boʻlib xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Ayni vaqtda besh tashabbus doirasida barcha maktablar internet bilan taʼminlanmoqda. Oʻquvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda Feys AyDi tizimini joriy etish, taʼlim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar oʻrnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu