QAYTA TASHKIL ETILGAN INSTITUTDA OAV VAKILLARI UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

21-yanvar 2022-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida OAV vakillari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda jurnal va gazetalar muharrirlari, muxbirlar ishtirok etdilar.

Institut direktori Ayubxon Radjiyev institutda 2021 yilda olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida taqdimot qildi. Institutning yangi ishga tushirilgan "Uzluksiz kasbiy taʼlim" va xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlikka qaratilgan trenajor “STesting” platformalari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, xalq taʼlimi tizimida o‘rganilgan muammolar yechimi yuzasidan olib borilayotgan loyihalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Institut direktori jurnal va gazetalar faoliyati jamiyat taraqqiyotida muhim ekanligini hamda har doim ularni qo‘llab quvvatlashga tayyorligini bildirib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu