PEDAGOGLARGA SANATORIYLARDA DAM OLISHLARI UCHUN BEPUL YOʻLLANMALAR BERILMOQDA

5-aprel 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq 2021-yil davomida xalq taʼlimi tizimidagi 5 984 nafar xodimlarni sanatoriylarda bepul dam olishlari tashkillashtirilmoqda.Joriy yilning mart oyida Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi 20 ta sanatoriylarda oʻn kun davomida 418 nafar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, metodistlari, umumtaʼlim muassasalari direktorlari salomatliklarini mustahkamladilar.

Jumladan, “Qashqadaryo sohili” sanatoriysi Qarshi shahrida, Qashqadaryo vohasidagi soʻlim joylardan biri boʻlgan Qashqadaryo daryosining sohilida, dengiz sathidan 600 metr balandlikda joylashgan, iqlimiy balneologik sihatgohdir.

Sihatgohda 45 nafar pedagoglar surunkali buyrak, yurak, qon-tomir, tayanch-harakat aʼzolari, asab, ovqat hazm qilish aʼzolari va ginekologik kasalliklarni davolash boʻyicha muolajalar oldilar.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlimlari va sanatoriy maʼmuriyati tomonidan sanatoriyda dam olayotgan xodimlarni muolajadan boʻsh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun ham shart-sharoitlar yaratildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu