Sayt test rejimida ishlamoqda

QORAQALPOG‘ISTONDA “BASKETBOL MAKTABLAR LIGASI” SPORT MUSOBAQASIGA START BERILDI

24-fevral 2022-yil
image

Joriy yilning 24 fevral kuni “Maktab ligasidan Olimpiya o‘yinlari g‘alabalarigacha” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi 6-sonli maktab sport zalida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilar o‘rtasida “Basketbol maktablar ligasi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining homiyligi ostida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada, Nukus shahri 31- sonli maktabining “Jayxun” jamoasi, 46-sonli maktabining “Progress” jamoasi, Xo‘jayli tumani 6-sonli maktabining “Tulpar” jamoasi hamda 24-sonli maktabining “Xoja yeli” jamoalari aʼzolaridan iborat jami 38 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

photo2022-02-2415-17-12-2.jpg

Mazkur musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining investitsiyalar bo‘yicha direktori Amur Djalilov, Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Murodjon Karabayev, Xo‘jayli tumani hokimi o‘rinbosari Xalil Xalmuratov, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati masʼullari hamda sport sohasi bo‘yicha mehmonlar ishtirok etdi.

photo2022-02-2415-17-11-3.jpg

Tadbir davomida, Xo‘jayli tumani sport maktabi o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari tashkil etildi va Nukusning professional basketbol jamoasi o‘zlarining mahoratlarini namoyish etgan holda yoshlar uchun mahorat darslari ko‘rsatib berdi.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Katta sportga yo‘l maktabdan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilgan onlayn tanlovida 1-o‘rinni egallagan Nukus tumani 6-sonli maktabning 5-sinf o‘quvchisi Nurzada Kaldibayeva ushbu tadbir doirasida taqdirlandi.

photo2022-02-2415-17-08-3.jpg

Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Basketbol maktablar ligasi” sport musobaqasi qolgan maktablarda ham davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu