QASHQADARYO VILOYATIDA UMUMTAʼLIM MUASSASALARINING O‘RGANILISHI DAVOM ETMOQDA

22-aprel 2022-yil
image


 

Navbatdagi taʼlim muassasalarini o‘rganish ishlari Kocon tumanidagi 6-, 8-, 9-, 11-maktabda olib borildi. Mazkur maktablarda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Maktab binosi, sinfxonalar, oshxona, sport maydonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq ishlar rejalashtirildi.

photo2022-04-2210-26-50-2.jpgO‘rganish jarayonida vazir taʼlim maskanlaridagi o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi. Suhbat jarayonida bilimli va hozirjavob o‘quvchilarga noutbuk taqdim etdi.

photo2022-04-2210-26-48.jpgBaxtiyor Saidov umumtaʼlim maktablaridan so‘ng Qarshi shahridagi 18-ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi hamda 33-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar bilan tanishdi. Pedagogik jamoaning mazkur maskanlardagi muammolar bo‘yicha fikrlarini tingladi.

photo2022-04-2210-26-50.jpgKun davomida o‘rganish ishlari olib borilgan taʼlim muassasalari faoliyati Qarshi shahar xalq taʼlimi bo‘limida muhokama etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu