Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Qashqadaryo maktablarida bo‘lib, taʼlim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Baxtiyor Saidov Kasbi tumanidagi 15-maktab sharoitini ko‘zdan kechirdi. Taʼlim maskanida bilim olayotgan o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi. Maktab rahbariyatiga sinf xonalari va maktab hududidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.
![y111.jpg](https://old.uzedu.uz/uploads/2022/04/y111.jpg)
So‘ngra vazir mazkur tumandagi 53-maktabda bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Ularning kelgusi orzu-maqsadlarini o‘rganib, o‘g‘il-qizlar bilimini sinovdan o‘tkazdi. Iqtidorli va bilimdon ikki nafar o‘quvchi qizni noutbuk bilan taqdirladi.
Kunning ikkinchi yarmida Baxtiyor Saidov Koson tumanidagi 94-maktabga bordi. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan chizilgan suratlarni alohida eʼtirof etdi. Aʼlochi o‘quvchilardan biriga noutbuk taqdim etib, kitobxon o‘g‘il-qizlarga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Xalq taʼlimi vaziri maktablarda taʼlim sifatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.