Inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy etish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening

19-mart 2025-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlarida inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini bosqichma-bosqich joriy etish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Agentlik tomonidan “Davlat organlarida inson resurslarini tahlil qilish va rejalashtirish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Seminar tadbirida mutaxassislar tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi, uning maqsadi va afzalliklari, davlat organlarida inson resurslari boshqaruvi sohasidagi muammolar xususida atroflicha maʼlumot berib oʻtildi hamda oʻzaro fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir doirasida vazirlik masʼul xodimlari ishtirokida mavzuga doir soʻrovnoma oʻtkazildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu