O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING SOVRINI UCHUN “XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVIGA START BERILDI

4-mart 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 2 mart kuni boshlandi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 8065 ta maktablar elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

photo2022-03-0414-57-36.jpg

Ushbu maktablarning xorijiy til o‘qitish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari baholanishi bilan bir qatorda terma jamoaga kiritilgan 5 nafar o‘quvchilarining xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz tillari) bo‘yicha bilimlari test sinovlari orqali baholanadi.

Test topshiriqlari umumtaʼlim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro taʼlim standartlari (CEFR) asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqlardan iborat.

photo2022-03-0414-49-12.jpg

Test topshiriqlari grammatik bilimni baholash, o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholash, leksik imkoniyatni baholashdan iborat bo‘lib, ularning har biriga 10 tadan test topshiriqlari beriladi.

Test topshiriqlari Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tuziladi.

Tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi tanlovning keyingi viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

photo2022-03-0414-49-13.jpg

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun – 50 million so‘m miqdorida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida;

respublika bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 500 million so‘m, 2-o‘rin uchun – 400 million so‘m, 3-o‘rin o‘rin uchun – 300 million so‘m miqdorida mukofotlanadi.

Maʼlumot uchun: Tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (viloyat) bosqichi joriy yil aprel oyida, respublika bosqichi esa avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu