2024-2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida treninglar o‘tkazilib, unda maktab direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf yetakchi o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.
Treninglarda KRK va KRS tadbirlarining mohiyati hamda taʼlim sifatini oshirishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining roli haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar ushbu jarayonni yana-da samarali tashkil etish bo‘yicha bergan savollariga batafsil javob oldi.
Treninglar xalqaro taʼlim tashkilotlarining metodik materiallari asosida o‘tkazilib, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga qaratildi.