Vatanparvarlik festivali

13-yanvar 2025-yil
image

Samarqand shahridagi Prezident maktabida Samarqand harbiy prokuraturasi, harbiy qism va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida
"Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

So‘z olganlar tomonidan milliy armiyamiz kuch-qudrati, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yaratilgan keng imkoniyatlar, shuningdek, yurtimizda yoshlar uchun ko‘rsatilayotgan alohida g‘amxo‘rlik va e’tibor haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu