Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiya aʼzolari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

10-yanvar 2025-yil
image

Unda “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha markaz hamda innovatsion davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish orqali maktabgacha taʼlimda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, oʻtgan yil davomida loyiha doirasida qator ishlar olib borildi. Jumladan, 6 ming nafarga yaqin oʻqituvchi va tarbiyachilarning malakasi kaskad usulida oshirildi, pedagoglar malakasini oshirish uchun 200 nafarga yaqin trenerlar tayyorlandi.

Joriy yilda loyiha doirasidagi qurilish ishlarini 80 foizga yetkazish, 500 nafar maktabgacha taʼlim sohasi pedagoglari malakasini oshirish hamda buning uchun 88 nafar trenerlar tayyorlash koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun: KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha muddati 2026-yilga qadar moʻljallangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu