Yurtimizning Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni vaqtda barcha hududlarda yetakchi pedagoglar o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini taʼminlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida taʼlim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.