Ayni vaqtda ushbu treninglar mazmun-mohiyatini yurtimizdagi soha mutaxassislariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.
Unda mutaxassislar:
oʻquv dasturida uzviylik va muvofiqlikni taʼminlash;
oʻquv maqsadlarini belgilashda aniqlik va moslashuvchanlik;
oʻquv maqsadlarining rivojlanib borishini toʻgʻri shakllantirish;
fanlararo integratsiya;
oʻquv dasturlarini takomillashtirishda mahalliy ehtiyoj, anʼanalar hamda xalqaro standartlarni tahlil qilish kabi oʻquv sessiyalarida ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning 15-yanvar kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu oʻquvlar oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Kembrij tashkiloti bilan olib borilayotgan keng hamkorlik ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.