Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi

24-dekabr 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.


Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;

pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;

malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;

maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.

 

Shuningdek, mazkur Nizom bilan:
 

uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari

uzluksiz kasbiy rivojlantirishda taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali foydalanish zarurligi:

uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.

NIzomning to‘liq matni

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu