Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi ishchi guruh poytaxt maktablari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun kunning birinchi yarmida ishchi guruh Uchtepa tumanidagi taʼlim darjasi yuqori bo‘lmagan 109- va 106-sonli maktablarda bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.
109-sonli maktabda 11-sinfda “Vazir darsi” tashkil etilib, bitiruvchilarga hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun maktab davrida yaxshi taʼlim olish, ko‘proq kitob o‘qish, aniq maqsad qo‘ya olish, kelajakda egallaydigan kasb orqali xayotda o‘z o‘rnini topish mumkinligi hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.
Uchtepa tuman hokimligi bilan birgalikda ota-onalar, mahalla bilan hamkorlikda maktabda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashda amaliy yordam berishga kelishib olindi.
Maktabda taʼlim darajasini oshirish uchun, birinchi navbatda maktab pedagog jamoasini salohiyatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratining diganostika qilgan holda har bir o‘qituvchini individual o‘qitish yuzasidan tuman xalq taʼlimi bo‘limiga topshiriq berildi.
Tumandagi 106-sonli maktabda ham o‘quvchilar bilan muloqot qilinib, ko‘proq kitob o‘qish orqali tafakkurni rivojlantirish, hayotda aniq maqsad qo‘ya olish, buning uchun maktabda fanlarni yaxshi o‘zlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.