Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimining 34 nafar xodimi Finlandiyaning maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish maqsadida, Xelsinki shahrida oʻquv safarida ishtirok etishmoqda.
Ma'lumot uchun: Mazkur safar 2024-yil 22-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Finlyandiya ta’lim agentligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan “Finlandiya tajribasidan foydalangan holda O‘zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirish” qo‘shma loyihasining bir qismidir.
Ushbu hamkorlik natijasida ta’lim tizimi sifatini oshirish, O‘zbekistonda bolalarning ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi uslub va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish kutilmoqda.