Unda 10mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan 10 ming 800 nafarga yaqin musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari, shuningdek, 322 ta Musiqa va san’at maktablarining direktorlari hamda tegishli mutaxassislari onlayn va offlayn shaklda ishtirok etishdi.
Tadbirni kirish so’zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-391-son Qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. (https://uzedu.uz/uz/news/1848)
U shuningdek mazkur Qaror bilan ustozlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda bu orqali yosh avlodni musiqaga, san’atga bo’lgan muhabbatini oshirish yo’lida qilinayotgan ishlarga alohida to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov so’zga chiqib, musiqa madaniyati fani ustozlarining faoliyatlari, ularni sinovdan o’tkazish va integratsiya haqida so’z yuritdi.