Ta’lim sayohati uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida bo’lib turgan o’quvchilarimiz Londonning Brunel universitetida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishni boshlashdi.
Sayohatning birinchi kunida o’quvchilar maktab hayoti va faoliyat yo’nalishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Kunning ikkinchi qismida esa o’quvchilar uchun “Bin Bag show” tashkil etildi.
Unda loyiha qatnashchilari o’quv qurollari yordamida kiyimlar dizayni ustida ishlashdi hamda namoyish qilishdi.
Ta’lim sayohati davom etmoqda.