Vazirlik vakillari xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

28-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Bolgariya davlatining Sofiya shahrida ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirishga bagʻishlab oʻtkazilgan “ISSA Conferense 2024” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferensiyada Oʻzbekistonda bolalarni ilk yoshdan rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar hamda  istiqboldagi vazifalar xususida maʼlumot berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu