"Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" loyihasi va uning natijalari muhokama qilindi

18-oktabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ta’lim bo‘yicha amaliyot menejeri Rita Almeyda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. 

Mazkur uchrashuvda maktabgacha ta'lim yo‘nalishida Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" loyihasi va uning natijalari muhokama qilindi. 

Suhbat davomida kelajakda maktabgacha va maktab ta'lim tizimini takomillashtirish, pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha "Iqtisodiy o'sish yo'lida xalq ta'limi tizimini transformatsiya qilish" hamda "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" II faza" kabi loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu