QARSHI SHAHRIDA HAM TOSHKENTDAGI MILLIY KUTUBXONADA BOʻLGAN AMERIKA KUTUBXONASI OCHILDI

26-mart 2021-yil
image

Joriy yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi Toshkentdagi AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda Barkamol avlod yoshlar markazida AQSH tomonidan homiylik asosida yaratilgan zamonaviy kutubxona — “Qarshi shahridagi "Amerika burchagi”ni ochdi. Tantanali ochilish marosimida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirok etdi.

Qarshidagi “Amerika burchagi” Toshkentda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida joylashgan Amerika kutubxonasining navbatdagi manzili sanaladi.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonda chet tillari, IT va STEM fanlarini oʻqitishni rivojlantirish doirasida vazirlik va AQSH elchixonasi oʻrtasidagi faol hamkorlik olib borilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Elchi Daniyel Rozenblyum Qarshi shahrida Amerika burchagining ochilishi nafaqat ikki davlat, balki Amerika va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

photo2021-03-2612-52-52.jpg

 

Qarshi shahridagi Amerika burchagi AQSH hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 600 dan ortiq ochiq madaniyat markazlari tarmogʻiga qoʻshiladi. 140 dan ortiq mamlakatda joylashgan bu kabi Amerika burchagi markazlari dunyoni AQSH bilan bogʻlashga xizmat qiladi. Zamonaviy Amerika kutubxonalari asnosida modellashtirilgan Amerika markazlari har yili millionlab mehmonlarni qabul qiladi. Bu zamonaviy jihozlangan markazlar ingliz tilidagi kitoblar, filmlar, ingliz tili dasturlaridan bepul foydalanish imkonini beradi.

Barkamol Avlod maktabining ikkinchi qavatida joylashgan 230 kvadrat metrli maydon seshanba - shanba kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha jamoatchilik uchun faoliyat yuritadi. Shu bilan birga unda kompyuter laboratoriyasi, kutubxona, konferens zal va taʼlim boʻyicha maslahat xonasi mavjud. Markazda kompyuterlar, yuqori tezlikdagi internet va boshqa zamonaviy texnologiyalar kabi resurslar mavjud.

photo2021-03-2612-52-49.jpg

Markaz ingliz tilida soʻzlashuvchilarning dasturlari orqali til oʻrganishni yengillashtiradi hamda bosma va raqamli ingliz tili resurslariga kirishni taʼminlaydi. Shuningdek Amerika Qoʻshma Shtatlarda oʻqishni istagan bakalavr va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha bepul maslahat xizmatini koʻrsatadi.

Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Amerika burchaklari” tashabbusi orqali Oʻzbekistonda 7 ta yangi Amerika burchagi ochilishi koʻzda tutilgan. Ushbu loyihaga AQSH hukumati va mahalliy hamkor tashkilotlar tomonidan 800 ming AQSH dollardan ortiq sarmoya yoʻnaltiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu