1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlariga start berildi

28-sentabr 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlarning birinchi kuniga start berildi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar kun avvalida Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Qizg‘in muloqotlar shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Senati qo‘mita raislari — Odiljon Iminov, Malika Qodirxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida maktabgacha va  maktab ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlar kuzatilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.

Muloqot davomida pedagoglar tizimdagi ushbu ijobiy yangilanish va o‘zgarishlar ustoz-murabbiylarimizning o‘z kasbiga munosabati, mas’uliyatini yanada oshirishda katta turtki berib, soha rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu