Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda bolalarga yo‘naltirilgan taʼlim muhitini yaratish bo‘yicha malaka oshirish” mavzusidagi o‘quv kurslarida ishtirok etganidan xabaringiz bor.
Mazkur trening ishtirokchilari tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad — orttirilgan xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi hamda o‘yin muhitini tashkil etishning yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishdan iborat.
Mahorat darslari interaktiv tarzda tashkil etilib, unda ta'lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy metodikalardan samarali foydalanish haqida so‘z bordi.